Tojikistonda go‘sht narxi oshib ketdi

Tojikistonda go‘sht narxi oshib ketdi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji oshishi ortidan go‘sht narxi ko‘tarildi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvari ma’lum qildi.

“Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘shti bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozuqa importidir”, dedi u.

Vazir o‘rinbosari Tojikiston hozirda go‘shtni eksport yoki import qilmayotganini aytdi. Vazirlik go‘shtli hayvonlarni ko‘paytirish, tovuq va baliq narxlarini tartibga solish zarurligini ta’kidladi.

Dushanbening ayrim bozorlarida bir kilogramm mol go‘shti narxi 80-82 somoniydan (95-97 ming so‘m) oshadi. Qo‘y va echki go‘shti narxi 85 somoniyga (101 ming so‘m) yetdi.

Holbuki, ilgari mamlakatda mol go‘shti o‘rtacha narxi 71 somoniy (84 ming so‘m), qo‘y go‘shti 75 somoniy (89 ming so‘m) bo‘lib, faqat Panjikent va Xo‘jandda 80 somoniydan (95 ming so‘m) yuqori bo‘lgan. Eng past narx Xorogda qayd etilib, 64 somoniyni (76 ming so‘m) tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!