TIV Hindiston va Bangladeshdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

TIV Hindiston va Bangladeshdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Bangladeshda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Xabarga ko‘ra, Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlariga yopirilgan Fani sikloni natijasida 2 milliondan ortiq kishi xavfli zonadan evakuasiya qilingan.

Ikki mamlakatda o‘nlab kishilar tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, mintaqada davlat idoralari, aeroportlar yopildi, poyezdlar va boshqa transport vositalari harakati to‘xtatildi , deyiladi TIV xabarida.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Hindiston va Bangladeshning yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga Fani sikloni ta’siridagi hududlariga borishni vaqtinchalik to‘xtatishlarini tavsiya qiladi va Nyu-Dehli shahridagi O‘zbekiston elchixonasining telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!