Test-2018: Qoidabuzarlar soni kamaymoqda

Test-2018: Qoidabuzarlar soni kamaymoqda

Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari o‘n birinchi kuni ham muvaffaqiyatli o‘tdi, deb ma’lumot berdi, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

11 avgust kuni 12 ta oliy ta’lim muassasalarining 51 ta ta’lim yo‘nalishida 24 ming 259 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 670 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 58 nafar abituriyent, shundan 33 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 25 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysidan 2:00da yetib keladi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!