Ta’ziya! O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi vafot etdi

Ta’ziya! O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi G‘ulom Shomurod 84 yoshida vafot etdi. Aniq.uz marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi. 

U 1937 yil 20 sentyabrda Jondor tumanida tug‘ilgan.

Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qigan (1954–1959). Dastlab tumandagi o‘rta maktablarda ona tili va adabiyot fanidan dars bergan (1959–1967). So‘ng tuman radioeshittirishlar tahririyati muharriri (1967–1969), O‘zbekiston teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati bo‘yicha radiomuxbiri (1969–2006) vazifalarida ishlagan.

Shoirning ilk she’riy kitobi “Shabnam jilvasi” (1983), deb nomlanadi. Shundan so‘ng uning “Oydinda kezaman” (1985), “Chaqmoq” (1990), “Navolarim” (1992), “Ko‘klam qo‘shig‘i”(1995), “Vatan vasfi” (1997), “Olam ichra olam” (1997), “Qalbim qatrasi” (2002), “Bobo shahrim” (2003), “Rangin ruhiyat” (2005), “Zarrin yaproqlar” (2006), “Marvarid donalar” (2008), “Sog‘inch sohili” (2009), “Vatanim – keng jahonim” (2011), “Izhor” (2011), “Hurlik qasidasi” (2011), “Mehr mehvari” (2014), “Sog‘inch sohili” (2016), “Diyor va yor” (2019) kitoblari dunyoga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!