Tanzila Narbayeva yosh velosportchilarga "Damas", 10 ta trek velosipedi va 50 mln so‘m mukofot ajratdi

Tanzila Narbayeva yosh velosportchilarga "Damas", 10 ta trek velosipedi va 50 mln so‘m mukofot ajratdi

O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisi Tanzila Narbayeva Jizzaxda yosh velosportchilar bilan uchrashdi.

Jizzax viloyatiga safari davomida Tanzila Narbayeva viloyat hokimi Ergash Saliyev hamrohligida Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurdi. Markazda velosport bilan shug‘uullanuvchi yosh o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Federasiya raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5251 qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida markazda velosport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning texnik xavfsizligini ta’minlash uchun bir dona "Damas" avtomobili, shuningdek, 10 dona trek uchun mo‘ljallangan velosipedlarni yosh sportchilar ixtiyoriga topshirdi.

E’tiborlisi, Tanzila Narbayeva safar davomida velosport bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, jizzaxlik Nozima Egamberdiyeva bilan uchrashdi va unga so‘nggi musobaqalarda yaxshi natijalar qayd etgani uchun 50 mln so‘m miqdorida pul mukofotini topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!