Taniqli aktyorning rafiqasi 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi

Taniqli aktyorning rafiqasi 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi

Amerikalik aktyor Jeyson Biggsning oilasida noxush holat sodir bo‘ldi.

Uning rafiqasi Jenni Mollen instagramdagi sahifasida dahshatli post qoldirdi. 39 yoshli ayolning aytishicha, u 5 yashar o‘g‘lini qattiq urgan, oqibatda bolakayning miyasi chayqalgan va ahvoli yomonlashgan. Bolakayni darrov kasalxonaga olib borishgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan.

Ayolning baxtiga, shifokorlar bolakayning hayotini saqlab qolishdi. Jennining aytishicha, Sid allaqachon uyiga qaytgan. Ayol shifokorlarga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Biggs va Mollen Eng yaxshi do‘stimning sevgilisi filmi s’yomkasida tanishishgan va 2008 yilda turmush qurishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!