Tailandda favqulodda holat bekor qilindi

Tailandda favqulodda holat bekor qilindi

Tailand hukumati ommaviy noroziliklar fonida 15 oktyabrda joriy qilingan favqulodda holatni bekor qildi. Favqulodda choralar 22 oktyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da yakunlandi, deb xabar berdi “Le Figaro”.

Bosh vazir Prayut Chan-O-Cha chorshanba kuni kechqurun xalqqa qilgan  murojaatida favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonni bekor qilishga tayyorlanayotganini e’lon qildi va "Men vaziyatni yumshatish uchun birinchi qadamni qo‘yyapman", deya ta’kidladi.

"Farmon bekor qilingan taqdirda ham biz namoyishda davom etamiz", demoqda 25 yoshli namoyishchi Van.

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar so‘nggi kunlarda hibsga olingan o‘nlab faollarning ozod qilinishini talab qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!