Dubayda kiber-firibgarning superkarlar kolleksiyasi musodara qilindi

FQB va Interpol xodimlari Dubay polisiyachilari bilan hamkorlikda taniqli tadbirkor va Instagram-bloger Reymond Abbosni hibsga olib, uning superkarlar kolleksiyasini musodara qildi. Erkak kiber-firibgarlik va 430 million dollarni «yuvishda» gumonlanmoqda, deb xabar beradi The Drive.