Dubayda kiber-firibgarning superkarlar kolleksiyasi musodara qilindi

Dubayda kiber-firibgarning superkarlar kolleksiyasi musodara qilindi

Instagram’da Hushpuppi’niki ostida tanilgan Abbos hashamatli hayot kechirgan: lyuks avtomobillar xarid qilgan va shaxsiy samolyotida sayohat qilib, eng yaxshi mehmonxonalarda tunagan. Uning kolleksiyasidan o‘nlab mashinalar, xususan, Rolls-Royce (Cullinan va Wraith), Bentley Bentayga, Range Rover  Sport, Mercedes-Benz G-Class, Ferrari 488 GTB, Maybach S650 va boshqa ko‘plab modellar o‘rin olgan.

Dubayda kiber-firibgarning superkarlar kolleksiyasi musodara qilindi

 

Faoliyatini Nigeriyadagi «sekond-xend»da kiyim-kechak sotish orqali boshlagan Abbos 2,4 million obunachiga ega Instagram yulduziga aylangan. U bilan FQB va Interpol qiziqa boshlagan hamda Abbos kiberjinoyatchilikka aloqadorlikda gumonlangan: u sheriklari bilan birga taniqli kompaniya va banklar nomidan soxta veb-saytlarni yaratib, o‘zgalarning kredit kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlagan. Shuningdek, u yana 11 ta ish bo‘yicha gumonlanmoqda.

Instagram-blogerning uyidan 37 million dollar naqd pul va o‘nlab hashamatli avtomobillar topilgan.

Dubayda kiber-firibgarning superkarlar kolleksiyasi musodara qilindi

 

Dubayda kiber-firibgarning superkarlar kolleksiyasi musodara qilindi

 

Abbos Nigeriyaga ekstradisiya qilinishi mumkin. Shundan so‘ng u yerda blogerga nisbatan ayblov e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!