Suzishni bilmagan yigit, cho‘kayotgan bir insonni qutqarib qoldi

Suzishni bilmagan yigit, cho‘kayotgan bir insonni qutqarib qoldi

Nijniy Novgorod shahrida ikkita maktab o‘quvchisi, ko‘lda muz ostida cho‘ka boshlagan bir kishini qutqarib qoldi.

Bu haqda ular o‘qiydigan maktab rahbarlari ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishdi.

Atrofda hech kim yo‘qligi bois, o‘zimiz qutqarishga qaror qildik , - deydi Volga telekompaniyasiga bergan intervyusida o‘quvchilardan biri Nikita. U yana suzishni bilmasligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Ular muzning juda ham mo‘rt ekanligini bilib, cho‘kayotgan odamning oldiga emaklab borishgan. Nikita va uning do‘sti birgalikda cho‘kayotgan kishini suvdan tortib chiqarishgan.

Qutqarib olingan shaxsga tez yordam chaqirilib, kasalxonaga yotqizilgan. Sinf rahbari Vera Podtopilina shunday o‘quvchilari borligidan faxrlanadi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!