Surxondaryoda soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Surxondaryoda soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Toshkent shahrida yashovchi 61 yoshli fuqaro S.M. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan 1 mln 515 ming so‘m pullarini yashirin ravishda o‘zlashtirganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, M.A. soxta havola yaratib, uni onlayn kredit yoki “moddiy yordam olish uchun bu manzilga bank karta ma’lumotingizni kiriting” mazmunidagi soxta reklamalar bilan, turli kanal va guruhlarda tarqatib, bank karta boshqaruvini berib qo‘ygan fuqarolarning pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!