Abu-Dabi universiteti talabasi Falastin shiori tufayli BAAdan deportasiya qilindi

Abu-Dabi universiteti talabasi Falastin shiori tufayli BAAdan deportasiya qilindi

Joriy yilning may oyida Abu-Dabidagi bitiruv marosimida falastinning an’anaviy oq-qora kafiya sharfini kiygan talaba «Falastinga ozodlik!» deb ovozini baland qilgan.

Bir necha kundan keyin u Birlashgan Arab Amirliklaridan deportasiya qilingani xabar qilingan.

Abu-Dabining Associated Press nashriga aytilishicha, universitet may oyida uning bitiruvi oldidan elektron pochta orqali barcha «madaniy kiyimlar», shu jumladan sharflarni ham taqiqlagan. Bu ogohlantirishga e’tibor bermagan talaba marosim paytida «Falastinga ozodlik!» deb baqirgandan so‘ng polisiya tomonidan hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!