"Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxati yangilandi. Na Vini, na Bellingem birinchi o‘rinda

"Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxati yangilandi. Na Vini, na Bellingem birinchi o‘rinda

Evro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunlariga ko‘ra, Goal nashri o‘z talqinida "Oltin to‘p" uchun da’vogarlar reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, Yevropa chempioniga aylanib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Rodri "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarga aylandi. Ispaniyalik yarim himoyachi reytingda Vinisius va Jud Bellingemni ortda qoldirdi.

La Liga va YECHL g‘olibligidan keyin Ispaniya bilan Yevroda chempion bo‘lgan Dani Karvaxal 4-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Amerika kubogida Argentinaga chempionlikni keltirgan Lautaro top-5likdan joy oldi.

Top-20 da’vogarlar reytingi bilan tanishing:

1. Rodri («Manchester Siti»)

2. Vinisius Junior («Real»)

3. Jud Bellingem («Real»)

4. Daniel Karvaxal («Real»)

5. Lautaro Martines («Inter»)

6. Toni Kroos («Real», faoliyatini yakunladi)

7. Kilian Mbappe («Real»)

8. Harri Keyn («Bavariya»)

9. Filip Foden («Manchester Siti»)

10. Niko Uilyams («Atletik»)

11. Florian Virts («Bayer»)

12. Lamin Yamal («Barselona»)

13. Erling Holand («Manchester Siti»)

14. Emiliano Martines («Aston Villa»)

15. Alvaro Morata («Atletiko»)

16. Lionel Messi («Inter Mayami»)

17. Xulian Alvares («Manchester Siti»)

18. Dani Olmo («RB Leypsig»)

19. Bukayo Saka («Arsenal»)

20. Rodrigo («Real»).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!