UYEFA prezidenti 2027 yildan keyin ham tashkilot rahbari sifatida qolishi mumkin

UYEFA prezidenti 2027 yildan keyin ham tashkilot rahbari sifatida qolishi mumkin

Aleksandr Cheferin 2027 yildan keyin UEFA prezidenti bo‘lib qolishi mumkin.

Joriy yilning fevral oyida sloveniyalik 2027-yilda yana o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.

Biroq, The Guardian xabariga ko‘ra, UEFA Cheferinga o‘sha vaqtgacha munosib o‘rinbosar topilmasa, uni jamoada qolishga ko‘ndirish mumkinligidan shubhalanyapti.

Hozircha hech kim, hatto shaxsiy suhbatlarda ham o‘zini nomzod qilib ko‘rsatish istagini bildirmagan.UEFAning 20 ga yaqin o‘rta darajadagi a’zo davlatlari, jumladan Sloveniya, Xorvatiya, Chernogoriya va Albaniya, agar Cheferin yana o‘z faoliyatini davom ettirishga qaror qilsa, uni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan. Turkiya, Gresiya, San-Marino, Andorra va Farer orollari ham bu fikrga ijobiy munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!