Surxondaryo: qishning chillasida kartoshkadan yangi hosil olindi

Surxondaryo: qishning chillasida kartoshkadan yangi hosil olindi

Bir hovuch tuproq-insoniyat rizqini beradi. Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Aholi tomorqasidan samarali foydalanishga qaratilgan e’tibor sabab, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ortmoqda, balki oilalarning turmush farovonligi, daromadi ham yuksalmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Denov tumanida ham tomorqadan unumli foydalanib, daromad topayotganlar ko‘p. Ana shunday tinib tinchimas tadbirkorlardan biri «Tasmasoy» mahallasida istiqomat qiluvchi Behruz Odinayevdir.

Bu oila dehqonchilik kasbini puxta o‘zlashtirgan. 15 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, yiliga 3 marotaba ekin ekib, 35-40 million so‘m sof daromad olib kelmoqda.

Asosiy daromadi tomorqadan bo‘lgan tadbirkorning yana bir quvontirgan jihatlaridan biri, qishda ham poliz mahsulotlaridan hosil oladi. Binobarin, bu yil qishning qoq chillasida kartoshkadan yangi hosil oldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, erta bahorda boshqa poliz hamda sabzavot mahsulotlaridan ham hosil olishni niyat qilgan.

Darhaqiqat, uning mehnatsevarligi ortidan bugun nafaqat mahalladoshlari balki tuman aholisi ham bahramand bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!