Sports Zone: «Real» Mbappega 10-raqamni taklif qildi

Sports Zone: «Real» Mbappega 10-raqamni taklif qildi

"Real" va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe vakillari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida prinsipial kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Sports Zone.

Manbaga ko‘ra, Mbappe hammasini yakunlashdan oldin "PSJ"ning taklifini eshitmoqchi. Madridliklar fransiyalik futbolchiga yarim himoyachi Luka Modrichga tegishli bo‘lgan 10-raqamli libosni taklif qilishdi.

Agar Mbappe Parij klubini tark etsa, "PSJ" "Bavariya" vingeri Leroy Saneni sotib olishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!