Soliha ayol qanday bo‘ladi?

Soliha ayol qanday bo‘ladi?

Ko‘pchilik soliha ayol so‘zini ishlatadi, lekin uni hamma har – xil tasavvur qiladi.

Soliha ayol
– U, barcha ishda oxirat manfaatini ustun qo‘yadi. Bu degani dunyodan uzilib oladi – degani emas.
– U, eriga xuddi xodim podshohga xizmat qilganiday itoatda bo‘ladi. Bu degani qul degani emas.
– U, eriga oxiratni eslatishdan charchamaydi.
– U, agar eri namoz o‘qimay qo‘ysa, undan arazlab oladi.
– U, eri olib kelganiga rozi bo‘ladi.
– U, eri g‘oib bo‘lganda, mol-mulkini, bola-chaqasini, uy-joyini muhofaza qiladi.
– U, oiladagi sirlarni mutlaqo tashqariga olib chiqmaydi.
– U, eridan o‘zgani sirdosh tutmaydi.
– U, dunyo matohlariga mukkadan ketib, har neni olib berishini talab qilavermaydi. Bu degani hech nima so‘ramaydi degani emas. Erini imkoniyatidan tashqarisini talab qilmaydi.

– U, eri noto‘g‘ri ish qilayotganda, shariat bilan qaytaradi.
– Unga biror ishda ixtiyor berilsa, «Shariatga to‘g‘ri keladimi?» deya so‘rab, to‘g‘ri kelganini tanlaydi.
– U, erini holatiga qarab muomala qiladi. Erkalikni ko‘taradigan vaqt istagancha erkalik qiladi. Ko‘tarmaydigan vaqt, mehribon onasiday bo‘lib oladi.

– U, farzandlarini yoshligidanoq, Islomiy tarbiya qiladi.
– U, haromdan qattiq nafratlanadi.
– U, o‘zgalarga hasad qilmaydi.
– U, erining ota-onasiga go‘zal muomalada bo‘ladi.
– U, nomahramlarga yaqin yo‘lashni xayoliga ham keltirmaydi.
– U, ibodatlarini imkon qadar, mukammal bajarishga harakat qiladi.
– U, behuda vaqt ketkazadigan seriallarga oshiq bo‘lmaydi.
– U, hamisha Islomiy filmlarga, nashidalarga, tilovatlarga moyil bo‘ladi. Farzandlari uchun, Islomiy faqat Islomiy axloqni o‘rgatuvchi multfilmlar ko‘rsatadi.

– U, qo‘pol, badjahl bo‘lmaydi.
– U, aslo ayollik nazokatini yo‘qotmaydi. Hech qachon erkaklashishga yaqinlashmaydi.
– U, eri haqidagi shubha – gumonlardan nari bo‘ladi.
– U, erini qizg‘onadi.
– U, eriga itoatni Allohga itoat – deb biladi.
– U, eri shodligida erkatoy qizday, mahzunligida mehribon onaday bo‘ladi.
– U, kechirimli bo‘ladi.
– U, kelishmovchilik sodir bo‘lsa, kelishuv eshiklarini yopib yubormaydi.
– U, dono bo‘ladi.
– U, urushqoq, shalloqi, qarg‘aydigan, ginachi, polpis, bee’tibor bo‘lmaydi.
– U, soddalik, oddiylikni o‘zidan uzoqlashtirmaydi.
– U, eridan aqllik ekanini isbotlashga urunmaydi. Aqlliroq bo‘lgan chog‘ida ham, buni unga sezdirmaydi. To‘g‘riroq fikrni hikmat bilan yetkazadi.

– U, ko‘chaga intiladigan bo‘lmaydi.
– U, ko‘proq oilasi bilan uyda qolishni xush ko‘radi.
– U, har-hil noshar’iy bazmlarga, ziyofatlarga hirs qo‘ymaydi.
– U, erining ruxsatisiz, ko‘chaga qadam ranjida qilmaydi.
– U, o‘zini nomahramlarga namoyon etmaydi. Erini dayus kimsa bo‘lib qolishdan doimo asraydi. O‘zini o‘rab yuradi.
– U, faqat eri uchungina yasanadi.
– U, garchi o‘ziga ma’qul kelmay, yuzlarida norozilik alomati sezilsa-da, eri aytganiga «Xo‘p» deya itoat qiladi.
– U, mobodo er g‘azab qilguday bo‘lsa, faqat sukut qiladi. Gap qaytarib, olishmaydi.
– U, uy-joyini pokiza tutadi.
– U, o‘zi uchun borliq, bu eri deb biladi.
– U, jahli chiqsa, ayollikdan chiqib ketmay “jahl” qiladi.
– U, o‘ta ketgan qaysar bo‘lmaydi.
– U, vaziyatlar taqazosiga ko‘ra dono va yosh go‘dakday bo‘la oladi.
– U, erini namozga uyg‘otadi. Turmaganiga qo‘ymaydi.
– U, farzandlariga kunlik ravishda, duolar, hadislar, Qur’on oyatlarini yod oldirib boradi.
– U, o‘zi uchun eridan boshqa nomahram erkaklarni mutlaqo hayotidan o‘chirib yuboradi.
– U, yuqoridagilarni barini ichiga oladi!

Agar, sizda bular topilsa, demak, siz insha Alloh solihalardansiz. Siz, kuyovingiz uchun dunyo-oxiratlari jamlab berilgan yaxshiliksiz!

Internet sarhadlaridan.

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!