Hukmron Mo‘g‘uliston xalq partiyasi saylovlarda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Hukmron Mo‘g‘uliston xalq partiyasi saylovlarda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsreyn Oyun-Erdene, dastlabki natijalarga ko‘ra, o‘zi yetakchi bo‘lgan Mo‘g‘uliston xalq partiyasi (MPP) parlament saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi.

Mahalliy OAVga bergan bayonotida Oyun-Erdene parlamentdagi 126 o‘rindan 70 tasini qo‘lga kiritgan partiyasi birinchi o‘rinni egallaganini aytdi.

3 million 400 mingga yaqin aholiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo davlati Mo‘g‘uliston mahalliy vaqt bilan soat 22.00da yakunlangan ovoz berishda qatnashish 69,3 foizga yaqinni tashkil etgani, xorij va qishloqlardan olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, ko‘rsatkich 70 foizga yetadi.

«Bugun Mo‘g‘uliston tarixida yangi 30 yillik davr boshlanadi», deb aytgan Oyun-Erdene ovoz berishdan keyin mamlakat aholisi orasida «demokratiyaga ishonch va parlamentga ishonch» zaiflashganini ta’kidladi.

Hukumat va xalq o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishga chaqirgan Oyin-Erdene: «Bu parlament qanday ishlashini va siyosiy partiyalar qanday namoyon bo‘lishini ko‘rish vaqti keldi» dedi.

Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan saylovlarda 21 partiya va koalisiyadan 1336 nafar nomzod parlamentdagi 126 o‘rin uchun kurashdi.

O‘tgan yili konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirish mamlakatning siyosiy xilma-xilligini yaxshiroq aks ettirish uchun deputatlik o‘rinlari sonini 126 tagacha oshirdi.

Saylovda xorijdagi mo‘g‘ullar ham qatnashadi. Bu yil mamlakat tashqarisida yashovchi 13 ming 95 mo‘g‘ul ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!