Sirdaryoda bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Ularning eng kichigi 3 yosh

Sirdaryoda bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Ularning eng kichigi 3 yosh

2020 yil 25 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani Xovos shaharchasi, «Do‘stlik» MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida is gazidan zaharlanish tufayli bir oilaning to‘rt nafar a’zosi vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga marhumning yaqinlari ma’lum qildi. 

Aniqlanishicha, ushbu ko‘p qavatli xonadonlarda gaz bosimi pasayib ketganligi tufayli qo‘lbola pech orqali uy isitilgan. 

Xonadon bekasi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol va uning 3 nafar, 3, 7 va 10 yoshli farzandlari vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!