Sirdaryoda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga chora ko‘rildi

Sirdaryoda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga chora ko‘rildi

Sirdayo viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi holatlar aniqlandi. Huquqbuzarliklar Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Xususan, Guliston shahar Navbahor MFYda fuqaro Q.D. tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Shuningdek, Taraqqiyot MFYda fuqarolar V.Z., N.J., N.SH., J.M., Muzrabod tumani Navro‘z MFYda A.B. va B.A.lar tomonidan ham xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzarga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.

Ma’lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!