Shvesiyada azonni taqiqlash rad etildi

Shvesiyada azonni taqiqlash rad etildi

Shvesiyaning Blekinge viloyati ma’muriyati “Shved demokratlari” va “Nasroniy demokratlar” partiyalarining mahalliy masjiddagi azonni taqiqlash talabini rad etdi. Bu haqda azan.kz xabar bermoqda.

Viloyat ma’muriyatining ta’kidlashicha, na “Shved demokratlari”, na “Nasroniy demokratlar” azonning jamiyatda notinchlik keltirib chiqarishini isbotlab bera olmaydi, shunday ekan, azonning taqiqlanishi uchun sabab yo‘q.  

“Shved demokratlari” partiyasi vakillari esa azon shved jamiyatiga xos emasligini, shuning uchun taqiqlanishi kerakligini iddao qilmoqda. Bunga javoban Blekinge viloyati ma’muriyati azonning qonunlarga zid emasligini bildiridi.

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!