Faqat Anqara tomonidan tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) hukumati muxtoriyat maqomiga o‘tishini istisno qilmaydi, dedi Shimoliy Kipr transport va taraqqiyot vaziri Erxon Ariqli “Ulusal” telekanaliga bergan intervyusida.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi SHKTR mavjudligini, respublika tan olinishini xohlamayapti:
– Ular Shimoliy Kiprni YEIning bir qismiga aylantirmoqchi... Agar bu hudud turklari yo‘q bo‘lib ketsa va Turkiya orolni tark etsa, boy gaz va neft konlari YEI va Amerika nazoratiga o‘tadi. Oroldagi gaz va neft konlarida milliardlab tonna zaxira bor. Shuning uchun ular SHKTRni hech qachon tan olmaydi va respublika tan olinmasligi uchun qo‘lidan kelgan ishni qiladi. Hukumatimiz yuzaga kelgan holatga qarshi kurashish uchun tezis ishlab chiqqan. Mabodo, tan olinmasak ham, mavjud bo‘lishimiz kerak, deymiz. Masalan, Ozarbayjonning Naxichevan avtonom hududi kabi yo‘l tutamiz. Tashqi siyosat va ichki ishlarda butunlay mustaqil, muqobil turk respublikasini tuzamiz. Umid qilamanki, biz bu masalani ko‘taramiz.
1974 yildan keyin davlat to‘ntarishi va orolni Gresiyaga qo‘shib olishga urinish natijasida Kipr Turkiyaning qurolli aralashuvidan keyin yunonlar va turklar o‘rtasida de-fakto bo‘lingan. 1983 yil orolning 37 foizini tashkil etgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) e’lon qilindi. Tuzilmani faqat Turkiya tan olgan.
2017 yil Shveysariyaning Krans-Montana shahrida o‘tgan muzokara muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Kiprni birlashtirish bo‘yicha BMT vositachiligidagi muloqot to‘xtagan. Hozir jarayonni qayta taklashga urinish kuzatilyapti.
Kipr yunonlari muammoga yechim BMT qaroriga asoslangan ikki hududli, ikki jamoali federasiya doirasida deb hisoblashadi. Kiprlik turklar esa konfederasiya tarafdori. Turk jamoasi yetakchisi Ersin Tatar kiprlik turklarning teng suvereniteti va xalqaro maqomi tan olinmas ekan, muzokara davrasiga qaytmasligini ma’lum qilgan.
Muloqotni davom ettirish masalasi 11 iyul kuni Vashingtonda NATO sammitida Gresiya Bosh vaziri Kiriakos Misotakisning Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bilan kechgan uchrashuvida ham ko‘tarildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.
Россия президенти Владимир Путин Украина билан тинчлик келишуви ғояси "тўғри" эканлигини, аммо "муҳокама қилиниши лозим бўлган масалалар, шу жумладан АҚШ билан ҳам" мавжудлигини таъкидлади.
Шунингдек, омборда кирим ҳужжатларига эга бўлмаган, қиймати 1 млрд. 187 млн. сўмлик, маҳаллий ва хориждан келтирилган 25.746 дона турли хил спиртли ичимликлар мавжудлиги ҳам аниқланди.
Аралаш якка кураш устаси Рамазон Темиров 2 март куни UFC Fight Night турнири доирасида Чарльз Жонсонга қарши жанг қилиб, очколар ҳисобига кўра ғалаба қозонган эди.
Путин урушни тўхтатиш бўйича музокаралар арафасида атайлаб "максималистик" талабларни илгари сурган. Унинг ўзи бу талаблар украиналиклар ва европаликлар учун қабул қилинмас бўлиши мумкинлигини билади.