Adliya vazirligi shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida ayrim qonunlarga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi loyihani jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Loyihada qayd etilishicha, shaxslarning tasviridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarda shaxsiy daxlsizlik huquqi uni amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagani sababli cheklanmoqda. Taklif etilayotgan qonunda shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari muhofazasini kuchaytirish maqsadida Fuqarolik, Mehnat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilinmoqda.
Jumladan, Furqarolik kodeksini 100-1-modda (tasvirga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish) bilan to‘ldiriladi. Unga ko‘ra, shaxsni tasvirga (fototasvir, videoyozuv, u aks etgan tasviriy sanat ob’ekti yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan boshqa tashqi belgilar yig‘indisi) olish va undan foydalanishgafaqat ushbu shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 16 yoshga to‘lmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasi (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan beriladi.
Tasvirdan foydalanish deganda, uni oshkor qilish, namoyish qilish, tarqatish, saqlash, ishlov berish, chop etish tushuniladi.
Quyidagi hollarda rozilik olish talab etilmaydi:
to‘y yoki boshqa ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonni tasvirga olishga;
noqonuniy harakatlarni tasvirga olishga;
xizmat vazifasini bajarayotgan davlat xizmatchilarini tasvirga olishga;
tasvir shaxs tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan bo‘lsa;
tasvirdagi shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilishda;
shaxsning haq evaziga tushirilgan tasviridan ushbu tasvirni olishdan ko‘zlangan maqsadda foydalanilganda;
xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari orqali shaxslarni tasvirga olishga (ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi shart).
Shaxslarning qisman yoki to‘liq kiyimsiz bo‘lishini taqozo etadigan joylarda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shaxslarni tasvirga olish taqiqlanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan hollarda, shaxs tasvirdan foydalanishni to‘xtatishni, uni yo‘q qilishni hamda yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.
Россия президенти Владимир Путин Украина билан тинчлик келишуви ғояси "тўғри" эканлигини, аммо "муҳокама қилиниши лозим бўлган масалалар, шу жумладан АҚШ билан ҳам" мавжудлигини таъкидлади.
Шунингдек, омборда кирим ҳужжатларига эга бўлмаган, қиймати 1 млрд. 187 млн. сўмлик, маҳаллий ва хориждан келтирилган 25.746 дона турли хил спиртли ичимликлар мавжудлиги ҳам аниқланди.
Аралаш якка кураш устаси Рамазон Темиров 2 март куни UFC Fight Night турнири доирасида Чарльз Жонсонга қарши жанг қилиб, очколар ҳисобига кўра ғалаба қозонган эди.