Gruziya sudi Mixail Saakashvilini yana 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, endi uning umumiy jazo muddati 12,5 yilni tashkil etadi.
Bu haqda Gruziyaning Mtavari telekanali xabar bermoqda.
Saakashviliga yangi jazo muddati “davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tish” ayblovi uchun berildi. Eslatib o‘tamiz, Saakashvili Ukrainadan Gruziyaga Poti porti orqali qaytib kelgan edi.
Avvalroq Gruziya sudi sobiq prezidentni davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblab, 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Bundan tashqari, Mixail Saakashvili deputat Valeri Gelashvilini kaltaklash va “Gruziya birlashgan banki” xodimi Sandro Girgvliani qotillarini afv etish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha 6 yillik qamoq jazosini olgan edi.
Saakashvili barcha hukmlarni siyosiy motivga ega deb hisoblaydi va “Gruziya orzusi” partiyasi uni umrbod qamoqda qoldirishni xohlayotganini ta’kidlamoqda.
Hozirda Saakashviliga 2007 yilda Tbilisidagi namoyishni kuch bilan tarqatish va Imedi telekompaniyasini egallab olish bo‘yicha yana bir ish ko‘rib chiqilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.