Shayxontohur tumanida tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

Shayxontohur tumanida tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U.M.” MCHJ haydovchi-ekspeditori E.YU. buyurtmachilar tomonidan ushbu MCHJga qaytarilgan 139 dona turli mahsulotlarni MCHJ omborxonasiga qayta kirim qilmasdan, boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!