Shaxsiy hayot daxlsizligi Konstitusiyada mustahkamlanadi

Shaxsiy hayot daxlsizligi Konstitusiyada mustahkamlanadi

O‘zbekistonning har bir fuqarosi mamlakatdan erkin chiqish va qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Bilasizlarmi, meni ko‘p yillardan buyon qiynab kelgan yana bir masala bor edi, u ham bo‘lsa “propiska”, degan muammo.

Odamlarimizni, ularning huquqlarini kamsitadigan bunday holatni bartaraf etish uchun biz yo‘llardagi nazorat postlarini, “propiska”, degan narsani yo‘q qildik.

Kelgusida bunday to‘siqlarni tizimli hal etish uchun har bir O‘zbekiston fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi shart. Har bir fuqaroga mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitusiya darajasida mustahkamlanishi kerakligi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!