Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Namangan viloyati faollari yig‘ilishining asosiy yakunlari

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Namangan viloyati faollari yig‘ilishining asosiy yakunlari

? Namangan viloyatida ijtimoiy soha va infratuzulma ob’ektlari uchun respublika byudjetidan qo‘shimcha 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

✅ Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali muhtoj oilalarning 12 mingdan ortiq ishsiz a’zolari band qilinadi va yil oxiriga qadar kambag‘al oilalar safidan chiqariladi.

✅ Viloyatda 4355 honadonli uy-joy quriladi. 750 ta uy imtiyozli kredit asosida aholiga arzon narxda beriladi, 1329 ta oilaga boshlang‘ich to‘lov uchun subsidiya ajratiladi.

⚡️ 2020 yilda kasb-hunarga o‘rgatish, imtiyozli kredit ajratish, oilaviy biznesini tashkil etishga ko‘mak berish orqali 20 ming nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi. 294 nafar ayolga uy xarid qilish uchun boshlang‘ich badal to‘lab beriladi va imtiyozli kredit ajratiladi. 

✅ Joriy yilda viloyatda 394 kilometr avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi.

✅ 2020 yilda Namangan shahri aholisining ichimlik suv ta’minoti 69 foizdan 90 foizga, Yangiqo‘rg‘on tumanida 51 foizdan 100 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.

✅ Viloyatda chiqindini yig‘ish va qayta ishlash klasteri tashkil etiladi hamda yil oxirigacha chiqindi yig‘ish darajasi 50 foizdan 90 foizga, qayta ishlash 4 foizdan 25 foizga yetkaziladi.

⚡️ Namangan viloyati nufusi yildan-yilga kengayib borishi va hududni demografik boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qiyinchilik tug‘dirilishi munosabati bilan Prezident Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini qayta tashkil etishni taklif qildi.

? “Namanganning faol, mehnatkash, ilmli xalqi yaxshi yashashga munosib. Buning uchun davlatimiz barcha imkoniyatlarni ishga soladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!