Sham zavodi yonib ketdi

A A A
Sham zavodi yonib ketdi

Finlyandiyaning Salo shahrida joylashgan sham zavodi yonib ketdi. Yong‘in tufayli shahar aholisi xavfsiz joylarga ko‘chirilishi haqida e’lon qilindi, deb xabar berdi Yle davlat telekanali.

Sababi korxonada 200 tonna parafin bor, olov esa o‘zidan zaharli tutun chiqarmoqda.

- Alanga juda kuchli. Yong‘in ombordan o‘tib ofis binosiga yetib bordi... Ombor Rojdestvoni kutib olish uchun shamlar bilan to‘ldirilgan edi. Parafinni sovitish uchun suvdan foydalanib bo‘lmaydi. Olovni o‘chirishning yagona yo‘li uni joyida ushlab turishdir, lekin bu bunday maydonga to‘g‘ri kelmaydi, - dedi o‘t o‘chiruvchi Mika Kontio Yilki.

Sham zavodi o‘z ichiga ofislar, ishlab chiqarish va saqlash inshootlarini qamrab olgan hamda umumiy maydoni 10 ming kvadrat metrga teng. Voqea joyida 30 ta o‘t o‘chirish guruhi ishlamoqda. Hodisa sababi hozircha ma’lum emas.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!