Senat: hududlardan kelib tushgan takliflar asosida respublika byudjetidan 11 trillion so‘m ajratildi

Senat: hududlardan kelib tushgan takliflar asosida respublika byudjetidan 11 trillion so‘m ajratildi

Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va byudjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-byudjet tizimining shaffofligini ta’minlash, xususan, mahalliy kengashlarning mahalliy byudjet mablag‘larini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, byudjet intizomini kuchaytirishga qaratilgan kelgusi yil uchun mahalliy byudjet loyihasini ko‘rib chiqish va qabul qilish, byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda muhokama qilish va tasdiqlash, mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablag‘dan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshirish joylardagi hokimiyat vakillik organlaridan jiddiy mas’uliyat talab etadi.

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi hududlarda mahalliy kengash deputatlarining byudjet jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida xalq deputatlari Baxmal tumani kengashi deputatlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, 2020 yildan buyon Oliy Majlis Senatida bevosita mahalliy kengashlar deputatlari ishtirokida hududda aholini uzoq yillardan buyon tashvishga solayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar shakllantirilib, respublika byudjetida ularni aks ettirish bo‘yicha choralarni ko‘rish amaliyoti shakllantirilgan.

Umumiy hisobda 2020 yildan buyon respublika byudjetidan hududlardan kelib tushgan takliflar asosida 11 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishiga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!