Sekin yurishning kutilmagan xavfli tarafi aniqlandi

Sekin yurishning kutilmagan xavfli tarafi aniqlandi

 Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universiteti tadqiqotchilari sekin yurish miyaning erta qarishi bilan bog‘liqligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari JAMA jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotda  45 yoshga kirgan 900 dan ziyod Yangi Zelandiya aholisi ishtirok etgan. Ularning sog‘ligi uch yasharliklaridan kuzatib borilgan.

Eksperiment ishtirokchilarining deyarli butun hayoti davomida ma’lumot to‘plash yoshlik paytida past aql-idrok va sust til qobiliyatiga ega bo‘lganlar o‘rta yoshda sekinroq yurishlarini aniqlashga imkon bergan.

Qolaversa, tadqiqot ishtirokchilarga 45 yoshda magnit-rezonas tomogafiya (MRT) qildirilgan. Tomogafiya xulosasiga ko‘ra, sekin yuruvchilarning miya hajmi kichikligi va uning qobig‘ining zichligi kamligi aniqlangan. Shuningdek, ularda kichik tomirlarning xastaligidan darak beruvchi alomatlar kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bularning barchasi miyaning erta qariyotganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar sakkiz kishidan iborat guruhdan ishtirokchilarning yoshi suratga qarab aniqlashni iltimos qilishgan. Natijada sekin yuruvchilar tez yuruvchilarga qaraganda keksa bo‘lib ko‘ringani ma’lum bo‘lgan.



 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!