Saudiya Arabistonida ilk kibersport Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi

Saudiya Arabistonida ilk kibersport Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) kibersport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari tashkil etilishini rasman ma’qulladi.

Birinchi musobaqa 2025 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqdagi qaror XOQning Parijdagi 142-sessiyasida bir ovozdan qabul qilindi.

✍️ XOQ rahbari Tomas Bax sport jamoatchiligi musobaqani katta ishtiyoq bilan kutib olishiga ishonch bildirib, ushbu tadbir Olimpiya brendining yoshlar o‘rtasida jozibadorligi tasdig‘i ekanini ta’kidladi.

Kibersport o‘yinlarini muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan. XOQ va Saudiya Arabistoni Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) o‘rtasidagi hamkorlik 12 yil davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!