"Sardoba" fojiasidan zarar ko‘rgan xonadonlarga qoramol topshirilmoqda

"Sardoba" fojiasidan zarar ko‘rgan xonadonlarga qoramol topshirilmoqda

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan Oqoltin tumanidagi 128 ta xonadonga 1 boshdan qoramol topshirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

"Hozirgacha 70 ta xonadonga 1 boshdan qoramol topshirildi, yana 58 xonadonga ajratilgan qoramollar erta-indin egalariga yetkaziladi", — deyiladi ma’lumotda.

"Sardoba" suv omborining o‘pirilishi natijasida yuz bergan toshqindan talofat ko‘rgan 17 gektar maydondagi 132 ta xonadonlarni ta’mirlash Toshkent viloyati zimmasiga yuklatilgan. Hozirga qadar viloyat ushbu vazifa 85 foizga bajarishga erishildi.

Qurbon hayiti munosabati bilan viloyat hokimining tashabbusiga ko‘ra, suv toshqinidan katta zarar ko‘rgan, mutasaddi idoralar tomonidan moddiy ko‘makka muhtoj deb topilgan 128 ta xonadonga 1 boshdan qoramol topshirilishi belgilandi.  

Hozirgacha 70 ta xonadonga 1 boshdan qoramol topshirilgan bo‘lsa, yana 58 xonadonga ajratilgan qoramollar erta-indin egalari yetkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!