Samarqandda o‘g‘il otasini o‘lasa qilib kaltakladi

Samarqandda o‘g‘il otasini o‘lasa qilib kaltakladi

Chorshanba, 18 iyul kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida o‘g‘il otasini urib, turli tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, shu tumanda yashovchi 29 yoshli D.Tohirov (ismi o‘zgartirilgan) uyida birga yashovchi 85 yoshli otasi U.Tohirov (ismi o‘zgartirilgan) bilan janjallashib, uning tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urgan.

Natijada ota jiddiy jarohat olish evaziga shifoxonaga yotqizilgan.

Otaga qo‘l ko‘targan o‘g‘il D.Tohirov esa qo‘lga olingan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!