Samarqandda tuman gaz bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

Samarqandda tuman gaz bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Oqdaryotumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, 1973 yilda tug‘ilgan N.M. (ism-familiya shartli) mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 mln so‘m pul talab qilib, dastlab 2 mln so‘mini por sifatida olgan hamda yana 1 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan N.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!