Samarqandda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqandda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

Joriy yilning 24 iyul kuni soat 16:11 atrofida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani O‘rta Charxin mahallasida 1998 yilda tug‘ilgan R.R. (erkak) o‘z yashash xonadonida 2000 yilda tug‘ilgan M.SH. (ayol) ismli turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Ushbu janjal natijasida R.R. oshxona pichog‘i bilan ayoli M.SH.ning tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirgan. Bu haqda UzNews.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan R.R.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ishga gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda himoya huquqi ta’minlangan holda JPKning 221-227-moddalariga asosan prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!