Samarqandda aliment to‘lovchi qarzdorlarning 24 nafari MDH davlatlarida qidiruvga berildi

Samarqandda aliment to‘lovchi qarzdorlarning 24 nafari MDH davlatlarida qidiruvga berildi

CHERY jarima maydonida

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari jarayonida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvdagi qarzdor jismoniy shaxslarni yoki ularning mol-mulklarini qidirib topish, qarzdorlar haqidagi ma’lumotlarni ichki ishlar organlarining qidiruv bazasiga kiritish va qidiruvda bo‘lgan jismoniy shaxslarni topish choralarini ko‘rish bo‘yicha doimiy ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tadbir doirasida ushbu toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 153 nafar qarzdor jismoniy shaxslardan 42 nafari topilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Hozirgi kunda qidiruvda bo‘lgan 111 nafar aliment to‘lovchi qarzdor jismoniy shaxslarning 24 nafari MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tashkil qilib, ushbu qidiruvdagi qarzdorlar bo‘yicha MDH davlatlariga xalqaro so‘rovnomalar yuborilgan.
Qolgan 87 nafar mahalliy qidiruvdagi qarzdorlarni qidirib topish yuzasidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Misol uchun: Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan 15 ta 108 mln 689 ming so‘mlik ijro hujjatlariga asosan qarzdor fuqaro O.D. tegishli "CHERY TIGGO 7" avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.

Tadbir davomida ushbu transport qarzdorning xonadonidan topilib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!