Rustam Inoyatovga alohida xalqaro mukofot berildi

Rustam Inoyatovga alohida xalqaro mukofot berildi

Xalqaro tennis federasiyasi Rustam Inoyatovga alohida xalqaro mukofotni taqdim etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston tennis federasiyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Osiyo tennis federasiyasi yillik yig‘ilishi joriy yil 1 dekabr kuni Manila shahrida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda faxriy mehmon sifatida Xalqaro tennis federasiyasi prezidenti Devid Xagger qatnashdi. U O‘zbekiston tennis federasiyasiga jahon tennisi rivojlanishiga katta muvaffaqiyatlarga erishganligi uchun maxsus mukofotni taqdim etdi.  

Bundan tashqari, O‘zbekiston tennis federasiyasi prezidenti Rustam Inoyatovga “O‘zbekistonda tennis rivojlanishiga qo‘shgan bebaho hissasi va ko‘p yillar davomida tennisga sadoqati uchun” alohida shaxsiy mukofot berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!