Rossiyada yuk mashinasi va poyezd to‘qnashuvi oqibatida 14 ta vagon relsdan chiqib ketdi

Rossiyada yuk mashinasi va poyezd to‘qnashuvi oqibatida 14 ta vagon relsdan chiqib ketdi

Rossiyaning Amur viloyatida yuk mashinasi va poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 14 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Yo‘l transport hodisasi Trans-Baykal temir yo‘lining Muz bekati kesishmasida 23 oktyabr kuni sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan taqiqlovchi signal bilan yo‘lga chiqqan. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi favqulodda tormozni qo‘llasada, to‘qnashuvdan qochib qutula olmagan.

Hodisa oqibatida haydovchi vafot etgan, poyezdning lokomotivi va 14 ta vagoni esa relsdan chiqib ketgan.

Favqulodda vaziyat tufayli Omsk - Vladivostok yo‘nalishidagi 8-sonli yo‘lovchi poyezdi kechikayotganligi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!