Rossiyada o‘z ota-onasining qotili jinni deb topildi

Rossiyada o‘z ota-onasining qotili jinni deb topildi

Rossiyada o‘z ota-onasini o‘ldirgan odam jinni deb topildi, endi jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Qotil Kirill Balakshovning qamoq muddati tibbiy choralar bilan almashtirilganligi to‘g‘risida "Sankt-Peterburg" davlat teleradioeshittirish kompaniyasi tomonidan sudlarning qo‘shma matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning bahorida oilaviy janjal fojia keltirib chiqargan edi. Yigit ota-onasini pichoqlab qo‘ygan. Ona joyida vafot etgan, ota tez yordam mashinasida ko‘z yumgan.

Gumonlanuvchi o‘z aybini tan oldi. Ammo unga psixiatriya ekspertizasi tayinlangan. Kirill Balakshov kasalxonada kuchaytirilgan nazorat ostida majburiy davolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!