Rossiyada qancha harbiy koronavirusga chalingani aytildi

Rossiyada qancha harbiy koronavirusga chalingani aytildi

Rossiyada 1576 nafar harbiy xizmatchida koronavirus aniqlandi, ular orasida 1393 nafari harbiy universitetlardagi talabalardir. Bu haqda Mudofaa vazirligi veb-saytida xabar berildi.

"Harbiy idoralarda, uyushmalarda, tarkibiy qismlarda, harbiy qismlarda doimiy tekshiruv paytida 1576 nafar harbiy xizmatchida virus aniqlandi, ular davolanmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi kasalxonalarida — 413 kishi, navbatchi punktdagi izolyatorlarda — 522 kishi, fuqarolarning sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy muassasalarda — 18 kishi, uyda izolyasiya qilinganlar — 623 kishi", deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!