Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 majmuasini yetkazib berishga kelishib oldi

Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 majmuasini yetkazib berishga kelishib oldi

Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 “Triumf” zenit raketa tizimini yetkazib berish shartlarini kelishib oldi. Bu haqda RIA Novostiga Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmatning rasmiy vakili Mariya Vorobyova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu shartnoma 2017 yilda imzolangan.

Mariya Vorobyovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning S-400 majmuasiga Yaqin Sharqning yana bir necha mamlakati qiziqish bildirmoqda.

S-400 "Triumf" - zamonaviy uzoq masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi tizimi hisoblanadi. U havo kemalari, qanotli va ballistik raketalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, yerdagi nishonlarni yakson qilish uchun qo‘llanishi mumkin.

Majmuaning zarba berish masofasi 400 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, 30 km balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!