Rossiya Tergov qo‘mitasi Krokusdagi teraktga «Ukraina millatchilari»ni jalb qildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Krokusdagi teraktga «Ukraina millatchilari»ni jalb qildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainaning teraktga aloqadorligini tekshirish davomida olingan dalillar haqida ma’lum qildi. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, terakt ijrochilari Ukraina hududidan «katta miqdordagi mablag‘» olgan, bu mablag‘lar Krokus Siti Xollga hujumni tayyorlashda ishlatilgan.

Tergov qo‘mitasi, shuningdek, tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, terrorizm ishi bo‘yicha ayblanayotganlarni moliyalashtirishda ishtirok etgan yana bir gumondorning hibsga olinganini e’lon qildi.

Brifing chog‘ida Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya rasmiylarining Krokus Siti Xolldagi teraktga Ukrainaning aloqadorligi haqidagi da’volarini bema’nilik va tashviqot deb atadi. Kirbining fikricha, voqeaga «Islomiy davlat» terrorchilik guruhi aloqadorligi aniq.

Teraktga aloqador bir necha kishi – Tojikiston fuqarolari va Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!