Rossiya NATOning vakolatxonasini vaqtincha to‘xtatib turadi

Rossiya NATOning vakolatxonasini vaqtincha to‘xtatib turadi

Rossiya NATOning Moskvadagi vakolatxonasini 1 noyabrdan boshlab to‘xtatib turadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Rossiya bosh diplomati Sergey Lavrov so‘zlariga tayanib.
“Endi Moskva bilan bog‘lanish uchun NATO vakillariga Rossiyaning Belgiyadagi elchisiga murojaat etishlari kerak bo‘ladi”, – dedi Lavrov.

Ma’lum bo‘lishicha, 1 noyabrdan boshlab alyansning Moskva shahridagi idorasi ma’lum bir payt faoliyat olib bormaydi. Undagi xodimlariga berilgan akkreditasiya qaytarib olinadi, axborot byurosi esa yopiladi.
Sal avvalroq, Rossiyaning NATOdagi doimiy vakolatxonasining sakkiz nafar xodimiga berilgan akkreditasiya qaytarib olinganini tasdiqlangandi. NATOdagi Rossiyaning xodimlari sonini o‘n nafarga tushirib qyo‘ib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!