Rossiya maxsus kuchlari O‘zbekistonga keldi

Rossiya maxsus kuchlari O‘zbekistonga keldi

Markaziy taktik mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Rossiya Markaziy harbiy okrugi maxsus kuchlari bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari O‘zbekistonga yetib kelishdi. Rossiya harbiylari Yekaterinburgdan harbiy samolyot orqali uchib keldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiyadan kelgan mehmonlar Termiz shahrida o‘zbek milliy taomlari – yong‘oq va asalli pishiriqlar bilan kutib olingan va tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng harbiylar poligonga qarab yurishdi. Mashg‘ulotda Novosibirsk va Samara viloyatlaridan maxsus kuchlar bo‘linmalari ishtirok etadi.

Mashqlar davomida Rossiya va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari simulyasiya qilingan dushman safi ortida qo‘shma operasiya o‘tkazadi: vertolyotdan qo‘nish, razvedka va qidiruv ishlari va tinch aholini evakuasiya qilish. Shundan so‘ng, ishtirokchilar muhim ob’ektlarni himoya qilish va sabotaj guruhlariga qarshi kurashish mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar.

Termiz poligonidagi mashg‘ulotlar 9–12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!