Ronaldudan navbatdagi rekord!

Ronaldudan navbatdagi rekord!

Krishtianu Ronaldu Yevro saralashida 40 ta gol urdi.

"An-Nasr"ning 38 yoshli hujumchisi Yevro-2024 saralash o‘yinida (5:0, ikkinchi bo‘lim) Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda penaltidan va o‘yindan gol urdi.

Dubldan so‘ng, Ronaldu faoliyati davomida Yevropa chempionati saralashida 42 ta o‘yinda 40 ta gol urdi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Irlandiyalik Robbi Kin 44 o‘yinda 23 ta gol urgan.

Portugaliyalik futbolchi Yevro-2024 saralashida 9 ta gol urdi. Undan faqat Belgiya terma jamoasidan Romelu Lukaku (11) oldinda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!