Rodrigo Mbappening «Real»ga o‘tishi haqida: «Har doim kuchlilar bilan o‘ynashni xohlaymiz, Kilian esa ulardan biri»

Rodrigo Mbappening «Real»ga o‘tishi haqida: «Har doim kuchlilar bilan o‘ynashni xohlaymiz, Kilian esa ulardan biri»

“Real” futbolchisi Rodrigo "PSJ" forvardi Kilian Mbappening jamoaga kelib qo‘shilishidan xursand bo‘lishini aytib o‘tdi.

“Mbappening kelishidan xursand bo‘lamiz. Har doim kuchlilar bilan o‘ynashni xohlaymiz, Kilian esa ulardan biri.

U haqida boshqa hech narsa ayta olmayman, chunki u “PSJ” futbolchisi. Bunga hurmat yuzasidan munosabat bildirish lozim.

Agar Mbappe jamoamizga kelsa, raqobat yanada kuchayadi”, — dedi madridliklar hujumchisi.

Avvalroq, Kilian Mbappe “PSJ” bilan shartnomani uzaytirmasdan, “Real” safiga o‘tishi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!