Respekt! Prezident shaxsan masjidga keldi va musulmonlarga rahmat aytdi

Respekt! Prezident shaxsan masjidga keldi va musulmonlarga rahmat aytdi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer mahalliy musulmonlarga dalda berish uchun Pensber shahridagi masjidga keldi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.  

Masjid imom Benjamin Idris va boshqa musulmonlar bilan suhbatlashgan prezident shunday dedi: “Jamiyatimizda qutblashish va nafrat ortgan bir paytda diniy bag‘rikenglik juda muhim”. 

Imom Germaniya prezidentiga azonni tarjima qilib berdi va masjidni ko‘rsatdi. O‘z navbatida Shtaynmayer masjid jamoatining dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Oxirgi paytda Germaniyada musulmonlarga va masjidlarga qarshi hujum ortgani kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda mamlakat bo‘ylab musulmonlarga qarshi 813 ta jinoyat qayd etildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!