Rentgent nurlari qanday yaratilgan?

Rentgent nurlari qanday yaratilgan?

Vilgelm Konrad Rentgen 1845 yil Veymarskaya Respublikasi, hozirgi Germaniyada tug‘ilgan. Fizik, professor. Hamma narsa Vilgelmning tasodifiy kashfiyotini olimning xayotini tubdan o‘zgartirdi. Fizik katod naychalari bilan tajriba o‘tkazdi va katod nurlari to‘qnashuvi joyida noma’lum nurlanish tarqalishini payqadi.

Birinchi rentgen nurlarini fizik o‘z kabinetida oldi: rentgen nurlari do‘sti doktor Kyollikerning qo‘l surati muhrladi va bir zumda butun dunyoga tarqalib ketdi. Ushbu voqea ilmiy jamoatchilikni hayajonga soldi. Sanoat firmalari vakillari ixtironi sotish iltimosi bilan bir necha bor Rentgenga murojaat qilishgan. Lekin olim ixtirosini tibbiyotga beminnat xizmati uchun ishlatgan.

Kashfiyot uchun Vilgelm Konrad Rentgen 1901 yilda fizika bo‘yicha dastlabki Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tabiatan juda kamtar odam bo‘lgan Vilgelm Rentgenning o‘zi bu nurni shunchaki «x-nur» deb nomlagan bo‘lsa-da, boshqa olimlar va nufuzli ilmiy jurnallar keyinchalik uni olim sharafiga atay boshladi. Shu tariqa bugungi kunda tibbiyot, bojxona, metallurgiya va zargarlik sohalarida sifat nazorati va boshqa ko‘plab sohalarda benazir yordamchi bo‘lgan rentgen kashf qilingan edi.

Ayniqsa, travmatologiyada hamda ko‘krak qafasi a’zolari diagnostikasida va umuman tibbiy vizualizasiya sohasida rentgen nurlarining ahamiyati beqiyos. Bu orqali vaqtida tashxis qo‘yilgan necha-necha odamlar hayoti saqlab qolingan va saqlab qolinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!