"Real" o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Real" o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde klub bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar beradi madridliklar rasmiy sayti.

25 yoshli urugvaylik futbolchining yangi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yarim himoyachi 2016 yildan beri «Real»da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u «qirollik klubi» tarkibida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Valverdening bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

«Real Madrid»da Valverde ikki marta La Liga, Ispaniya Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan, shuningdek, bir martadan Ispaniya Kubogi, Chempionlar Ligasi va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!