Ukraina Rossiya neft bazalariga hujum qilishda davom etmoqda

Ukraina Rossiya neft bazalariga hujum qilishda davom etmoqda

Tunda Ukraina Xavfsizlik xizmatining uchuvchisiz uchoqlari Rossiya Federasiyasining Belgorod va Lipetsk viloyatlaridagi neft bazasi va elektr podstansiyasiga zarba berdi. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, yong‘in Belgorod viloyatining Stariy Oskol aholi punkti yaqinidagi «Oskolneftesnabot» neft bazasida sodir bo‘lgan.

Lipetsk viloyatida esa dronlar elektr podstansiyasiga zarba bergani qayd etilgan.

"Ukrainaga qarshi urush uchun ishlaydigan Rossiya sanoati UXX uchun qonuniy nishon bo‘lib qoladi. Dushmanning harbiy salohiyatiga putur yetkazish bo‘yicha harakatlar davom etadi”, — dedi xabardor manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!